Aholiga o'zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari Narpay tumani markaziy shifoxonasida bo'lib aholiga sifatli tibbiy yordam ko'rsatish holatini o'rgandi.
️Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Rasulova, tuman Kengashi deputatlari F.Ostonova va A.Xudoyberdiyevlar tuman Sog'liqni saqlash bo'limiga qarashli markaziy shifoxonasida bo'lib, aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati bilan tanishdi.
Tashrif davomida shifoxonasida yaratilgan sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, aholini sanitariya-gigiyena ko'nikmalari bo'yicha bilim saviyasini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish holati o'rganildi va o'zlarining zarur tavsiyalarini berib o'tdi.