Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Z.Abdurazzaqova tomonidan o‘z saylov okrugidagi Do‘stlik mahallasida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda deputat M.Raximov bilan birgalikda ichki yo‘llar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur hududdagi yo‘llar uzoq yillardan buyon ta’mirlanmagani, ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida ko‘chalarda ko‘lmaklar hosil bo‘lib, bu holat aholi hamda transport vositalari harakatini sezilarli darajada qiyinlashtirayotgani aniqlandi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan ushbu yo‘llarni shag‘allashtirish va ta’mirlash choralarini ko‘rish uchun mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda takliflar kiritilishi ta’minlanadi.
Hudud infratuzilmasini yaxshilash — aholi farovonligining muhim omilidir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)