Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Jo‘yjangal" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
Imtiyozli kredit — amaliy natija: "Bog‘ishamol" mahallasida tadbirkorlik rivojlanmoqda
янв.21
"Bog‘ishamol" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Investitsiya va taraqqiyot: "Shodlik" mahallasida zamonaviy uy-joylar qurilmoqda
янв.21
"Shodlik" mahallasida I chorak sarhisobi: mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
"Kengash — deputat — mahalla" zanjiri: "Saxovat" mahallasida ish jarayoni tahlil qilindi
янв.21
"Temiryo‘lchi" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati va "24 yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi
янв.21
“24 yo‘nalish” ijrosi: ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Eldor Erkaboyev tomonidan Boyovut hududini suv bilan ta’minlovchi P-1 kanalida olib borilayotgan betonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur loyiha oqar suvni behuda sarf bo‘lishining oldini olish, suvdan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda mavjud sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunga qadar kanalning 7 kilometr qismi to‘liq betonlashtirilgan bo‘lib, qolgan qismini ham yaqin kunlarda yakunlab, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Mazkur ishlar hududda suv ta’minoti barqarorligini oshirish va yo‘qotishlarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5