Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
янв.21
Ijtimoiy himoya va qaror ijrosi: "Navro‘z" mahallasida xonadonlar o‘rganildi
янв.21
"Navro‘z" va "Baynalminal" mahallalarida ish jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛️Termiz shahar Kengashida ijro intizomi va ish samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik: Hisobotlarga asosan joylarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi
янв.21
"Eskishahar" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi
📌 DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

“Islomobod” va “Ziyokorlar” mahallalarida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarildi.  

Jumladan, mahallada o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqarolar ko‘chmas mulk ob’ektlarini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda muammolarga duch kelayotganliklari o‘rganib chiqildi.  

O‘rganish davomida fuqarolar tuman kadastr idoralariga avval tegishli to‘lovlarni amalga oshirib, kadastr yig‘ma jildlarini shakllantirgan bo‘lishlariga qaramay, amaliyotda shahar kadastr bo‘limlari tomonidan hujjatlarni yangilash uchun takroriy to‘lovlar talab qilinishi holatlari yuzaga kelayotganligi kabi salbiy holat aniqlandi.  

Mazkur murojaat yuzasidan muammoni hal etish maqsadida Davlat kadastrlar palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi Urganch shahar filiali rahbariga deputat so‘rovi chiqarildi.  

Ushbu masala ijrosi deputat nazoratiga olindi. 

Slide 1 of 2