Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar Kengash raisi O.Axmatshayev, shahar hokimi Sh.Nisbatxonov, shahar Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Sessiyaga shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.

Sessiya kun tartibida muhim ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy masalalar ko‘rib chiqildi. 

Jumladan: 

• Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan shahar prokurori tomonidan amalga oshirilgan ishlar axboroti eshitildi.

• Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limining 2026-yil 1-choragi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati yuzasidan hisobot tinglandi.

• Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni tanlab olish hamda ularni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

• 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha jamoatchilik tashabbuslari asosida amalga oshirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘lar yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi.

• Shuningdek, shahar hokimining 2026-yil 3-apreldagi tegishli qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan har bir masala yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qabul qilingan qarorlar hududni yanada rivojlantirish, fuqarolar farovonligini oshirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Slide 1 of 8