Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
янв.21
Ijtimoiy himoya va qaror ijrosi: "Navro‘z" mahallasida xonadonlar o‘rganildi
янв.21
"Navro‘z" va "Baynalminal" mahallalarida ish jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛️Termiz shahar Kengashida ijro intizomi va ish samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik: Hisobotlarga asosan joylarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi
янв.21
"Eskishahar" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-Xisorak saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich oʻzi saylangan hudud — “Chinorbuloq” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisining 9 ta asosiy yo‘nalishdagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Tahlil natijalariga ko‘ra, ro‘yxatda turgan 12 nafar ishsiz yoshdan 6 nafari doimiy ish bilan ta’minlangani qayd etildi. Bu ko‘rsatkich hududda yoshlar bilan ishlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilganini,
amaliy ishlar izchil olib borilayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, boshqa yo‘nalishlar kesimida ham mavjud ishlar muhokama qilinib, faoliyatni yanada kuchaytirish, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 

Slide 1 of 3