Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputati T.J. Mirzayeva tomonidan hududdagi ijtimoiy sohalarni o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi tashrif davomida tumandagi 18-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati hamda undagi shart-sharoitlar atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida muassasadagi tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv-tarbiya jarayoni, sanitariya-gigiyena holati hamda moddiy-texnik baza ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
Bolajonlar uchun munosib sharoit yaratish, ularning sog‘lom va barkamol ulg‘ayishini ta’minlash – doimiy e’tibordagi ustuvor vazifalardan biridir.