⏺Qabul davomida mahalladoshlarning murojaatlari tinglandi. Muloqot markazida asosan moddiy yordam, uy-joy ta’miri, ichki yo‘llar holati hamda bandlik masalalari bo‘ldi.
💬Deputat har bir murojaatni sinchiklab o‘rganib, ularning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirish berdi, yechimi vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishni belgilab oldi.
⏺Shuningdek, deputat mahalladagi yoshlar yetakchisining ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
💬O‘rganish davomida:
🔅"Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlar;
🔅Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar samaradorligi ko‘zdan kechirildi.
🫥Mahalla yoshlar yetakchisiga faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi va aholi murojaatlari nazoratga olindi.