Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 30-mart-4-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Ish rejasi ijrosi — amalda: Oromgohning ekologik holati o‘rganildi
янв.21
Manfaatlar toʻqnashuvi nima va u nega muhim?
янв.21
Aholi kuz-qish mavsumlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlanadi
янв.21
Gender tengligi — adolatli jamiyat va taraqqiyot poydevori
янв.21
Xavfsiz shahar va jamoat tartibi — deputatlar nazoratida
янв.21
Ijtimoiy barqarorlik va inson qadri: Budjet mablag‘lari manzilli yo‘naltiriladi
янв.21
TERMІZ SHAHRI EKOLOGIYASI VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Termiz shahrida xotin-qizlar murojaatlari tinglandi
янв.21
Mahallada harakat xavfsizligini ta’minlash va aholi murojaatlarini ijobiy hal etildi
Deputat nazorati

Oʻrganish vaqtida umumtaʼlim maktabida “Taʼlim toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan taʼlim va tarbiya, jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilish hamda taʼlim oluvchilarni kasbiy bilim, malaka hamda koʻnikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, bugungi kunda maktab quvvati 630 oʼquvch oʼrniga moʼljallangan boʼlib, 2025-2026 oʼquv yili uchun 1044 nafar oʼquvchi, (1-4-sinflarda 401 nafar, 5-9-sinflarda 500 nafar, 10-11-sinflarda 143 nafar) shundan qiz-bola oʼquvchilar soni 529 nafarni tashkil etib, umumiy sigʼim 1,7 koeffitsientni tashkil etishi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, masʼullar tomonidan 2024-2025-oʼquv yilida 314-sonli umumtaʼlim maktabida jami 84 nafar (shulardan 44 nafari qizlar) bitiruvchi bitirgan boʼlib, ulardan hozirgi kunga qadar 51 nafari taʼlimning keyingi bosqichiga qamrab olingani va qolgan 33 nafari ishga joylashib, oʻzini-oʻzi band qilganligi haqida maʼlumot berildi. 

Oʻrganish yakunida deputat tomonidan ijtimoiy - maʻnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, oʻquvchilar ongida vatanparvarlik ruhini shakllantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari, “Uch avlod uchrashuvlari” va ijodiy uchrashuvlarni koʻproq tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 1