Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
янв.21
Ijtimoiy himoya va qaror ijrosi: "Navro‘z" mahallasida xonadonlar o‘rganildi
янв.21
"Navro‘z" va "Baynalminal" mahallalarida ish jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛️Termiz shahar Kengashida ijro intizomi va ish samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik: Hisobotlarga asosan joylarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi
янв.21
"Eskishahar" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov sessiyada norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi, uning axboroti tinglandi.

#Sesiyadan

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov sessiyada norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi, uning axboroti tinglandi.

Axborotga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 199-son majlis bayoni bilan tasdiqlangan eng og‘ir ahvoldagi 1024 ta mahalladan 5 tasi — Qo‘shrabot tumanidagi “Qiyqim”, “Xonnazar”, “Do‘stlik”, “Novkat” va “Mayintepa” mahallalari adliya boshqarmasiga biriktirilgan.

✅ Mahallalarda uyma-uy yurish orqali aholining muammolari o‘rganilib, aniqlangan 3 824 ta huquqiy muammoning 3 531 tasi hal etildi. 199 nafar fuqaroga birlamchi bepul huquqiy yordam ko‘rsatildi. Muammolarning asosiy qismi uy-joy hujjatlari, davlat xizmatlari, pensiya va mehnat munosabatlari, kommunal to‘lovlar, shaxsiy hujjatlar hamda soliq imtiyozlari bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

👍 Aholiga 421 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, ularning 291 tasi davlat xizmatlari, 42 tasi FHDYO, 78 tasi boshqa turdagi xizmatlar va 10 tasi notarial xizmatlardan iborat bo‘ldi.

👍 Qo‘shrabot tumanining “Mayintepa” mahallasida 940 mln so‘m homiylik mablag‘lari hisobidan zamonaviy mahalla binosi qurilib foydalanishga topshirildi. “Novkat” mahallasida esa 1 mlrd 450 mln so‘m mablag‘ hisobidan “Farovonlik markazi” barpo etilib, u yerda 70 ga yaqin yoshlar uchun IT va ingliz tili bo‘yicha bepul kurslar tashkil etildi. Shuningdek, markazda tikuvchilik, qo‘g‘irchoq yasash va gilamchilik yo‘nalishlarida 30 ga yaqin ishsiz ayollarning bandligi ta’minlandi.

👍 Ushbu ishlar aholining huquqiy muammolarini hal etish, mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va fuqarolarning farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

✅@sam_vil_deputatlar

Slide 1 of 1