Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla infratuzilmasi deputat nazoratida!
янв.21
Xalq bilan muloqot va yoshlar siyosati: Deputat mahallada
янв.21
Infratuzilma deputat nazoratida: gaz ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Deputat fuqarolar bilan muloqotda: muammo va natijalar
янв.21
Mahalla hayotiga oid muammo va yechimlar: Deputat muloqoti
янв.21
Ekologik nazorat: har bir daraxt e’tiborda!
янв.21
deputat_vazifalaridan
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Normuradova Dilbar Abdikasimovna raisligida olib borilgan sessiya ishida jami 8 ta shahrimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid masalalar deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi
янв.21
Sessiyada muhim masala yuzasidan muzokara
янв.21
Sessiyada muhokama qilinayotgan navbatdagi masala
Halollik – taraqqiyot poydevori: deputat o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Sarvar Ulugʻmurodov umumta’lim maktabi o‘qituvchilari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida ta’lim tizimida halollik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish, pedagoglarning bu boradagi mas’uliyati va huquqiy savodxonligini oshirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda o‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati va fuqarolik faolligining o‘rni yuqori ekani qayd etildi.

Yakunda deputat barchani qonunlarga hurmat ruhida ishlashga, yosh avlodni halollik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol bo‘lishga chaqirdi.

Slide 1 of 1