Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Jo‘yjangal" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
Imtiyozli kredit — amaliy natija: "Bog‘ishamol" mahallasida tadbirkorlik rivojlanmoqda
янв.21
"Bog‘ishamol" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Investitsiya va taraqqiyot: "Shodlik" mahallasida zamonaviy uy-joylar qurilmoqda
янв.21
"Shodlik" mahallasida I chorak sarhisobi: mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
"Kengash — deputat — mahalla" zanjiri: "Saxovat" mahallasida ish jarayoni tahlil qilindi
янв.21
"Temiryo‘lchi" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati va "24 yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Murojaat va nazorat: Jaloliddin Manguberdi ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
#deputatlik_faoliyati

Deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari B.Baxovadinov hamda N.Xaitqulovlar tomonidan hududdagi Uyg‘ur mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligi a’zolarining ish faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida har bir mas’ul xodimning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari, hujjatlar yuritilishi, aholi bilan ishlash samaradorligi va mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Xotin-qizlar faoli faoliyati

Mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Xotin-qizlar faoli tomonidan o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar, kasbga o‘qitish va tikuvchilik, hunarmandchilik yo‘nalishidagi tashabbuslar ijobiy baholandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1