Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OʻRQ-781-sonli Qonun — “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida
янв.21
Gemotologiya bo‘limida deputatlik o‘rganishlari
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATIDA: REPRODUKTIV SALOMATLIK, ZAMONAVIY TIBBIYOT VA SHAFFOFLIK!
янв.21
Mahalla tizimi — islohotlar ko‘zgusi: “Shodlik” mahallasida o‘rganishlar olib borildi
янв.21
PREZIDENT QARORI: IJTIMOIY HIMOYADA YANGI BOSQICH!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AMALDA!
янв.21
“Namuna” mahallasi — amaliy ishlar va yoshlar tashabbusi bilan haqiqiy namunaga aylanmoqda!
янв.21
YANGI TURAR JOY MAJMUALARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Maktab ta’miri — deputatlar nazoratida
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI IJRODA: CHO‘LPON KO‘CHASI ASFALTLANDI
#24_ta_masala 🎼 Madaniyat muassasasida o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari U.Nurmuxamedov va J.Mavlyanov tomonidan hududdagi madaniyat muassasalari, jumladan muzeylar hamda kutubxonalar faoliyati holatini o‘rganish maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu doirada deputatlar tomonidan tumandagi 21-son Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarni musiqa va san’atga qiziqtirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda binoning umumiy holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda madaniyat muassasalarining faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 3