Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla infratuzilmasi deputat nazoratida!
янв.21
Xalq bilan muloqot va yoshlar siyosati: Deputat mahallada
янв.21
Infratuzilma deputat nazoratida: gaz ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Deputat fuqarolar bilan muloqotda: muammo va natijalar
янв.21
Mahalla hayotiga oid muammo va yechimlar: Deputat muloqoti
янв.21
Ekologik nazorat: har bir daraxt e’tiborda!
янв.21
deputat_vazifalaridan
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Normuradova Dilbar Abdikasimovna raisligida olib borilgan sessiya ishida jami 8 ta shahrimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid masalalar deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi
янв.21
Sessiyada muhim masala yuzasidan muzokara
янв.21
Sessiyada muhokama qilinayotgan navbatdagi masala
Deputat va FVV vakili hududdagi ijtimoiy obyektlar xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirmoqda

Hududda ijtimoiy obyektlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xalq deputatlar Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S.Nurmamatova hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida mahalladagi maktablar, bog‘chalar, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar:

ijtimoiy obyektlarda muntazam o‘quv-seminarlar tashkil etish,

favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holatini o‘rganish,

aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish,

aholining xavfsizlik madaniyatini oshirish yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Mazkur hamkorlik xavfsizlikni yanada mustahkamlash, fuqaro hayoti va salomatligini himoya qilishga xizmat qiladi.