Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ish rejasi ijrosi — amalda: Oromgohning ekologik holati o‘rganildi
янв.21
Manfaatlar toʻqnashuvi nima va u nega muhim?
янв.21
Aholi kuz-qish mavsumlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlanadi
янв.21
Gender tengligi — adolatli jamiyat va taraqqiyot poydevori
янв.21
Xavfsiz shahar va jamoat tartibi — deputatlar nazoratida
янв.21
Ijtimoiy barqarorlik va inson qadri: Budjet mablag‘lari manzilli yo‘naltiriladi
янв.21
TERMІZ SHAHRI EKOLOGIYASI VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Termiz shahrida xotin-qizlar murojaatlari tinglandi
янв.21
Mahallada harakat xavfsizligini ta’minlash va aholi murojaatlarini ijobiy hal etildi
янв.21
MAHALLA TIZIMI SAMARADORLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA: “BOG‘ZOR”DA TAHLILIY MULOQOT
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Xalq deputatlar xam faol

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Xalq deputatlari faol ishtirok etishmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda obodonlashtirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi yashash sharoitlarini yanada qulay qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda har yili bahor fasli
arafasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
 

Xususan, Navro‘z umumxalq bayrami arafasida respublikamiz bo‘ylab 13–14 mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari tashkil etildi. Ushbu ezgu tashabbus yurtimizning har bir hududida keng ko‘lamda o‘tkazilib, unda davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok
etmoqda.
 

Do‘stlik tumanida ham ushbu umumxalq hashari yuqori saviyada tashkil etilib, mahallalar hududlarini obodonlashtirish, ko‘cha va xiyobonlarni tozalash, daraxt ko‘chatlari ekish, ariqlarni tozalash, ijtimoiy soha obyektlari hamda ko‘p qavatli uylar atrofini tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputatlari ham faol qatnashib, o‘z saylov okruglarida saylovchilari bilan birgalikda obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqda. Deputatlar mahalla aholisi bilan birgalikda ko‘chalar, yo‘laklar, bolalar maydonchalari hamda ijtimoiy obyektlar atrofini tozalash, daraxt va gul ko‘chatlari ekish kabi ishlarda
bevosita ishtirok etib, fuqarolar bilan muloqot olib bormoqda.
 

Shuningdek, hasharda ishtirok etish jarayonida deputatlar aholi bilan yaqindan suhbatlashib, hududlarni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda. Bu esa deputatlarning saylovchilar bilan aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Umumxalq hashari nafaqat hududlarni obodonlashtirish, balki jamiyatda hamjihatlik, birdamlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar
xalqimizning qadimiy an’analari va milliy qadriyatlarini yanada boyitadi.
 

Xulosa qilib aytganda, Do‘stlik tumanida o‘tkazilayotgan umumxalq hashari mahallalarni obod qilish, hududlarni yanada go‘zal maskanga aylantirish hamda fuqarolarni yagona ezgu maqsad yo‘lida birlashtirishga xizmat qilmoqda. Deputatlar va keng
jamoatchilikning bunday tashabbuslardagi faol ishtiroki yurtimiz ravnaqi va mahallalar taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
  

🖥 BIZNI KUZATIB BORING: 🌍 Web sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=3&authority_id=304) | ✅ Do'stlik kengashi (https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman) | 💬 Facebook (https://www.facebook.com/Dustlikkengashi) | 📹 Youtube (https://youtube.com/@xd_dustlik_deputatlar_kengashi)

Slide 1 of 19