Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLIK NAZORATI

Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Xaitova Ayjomal Nazirovna tomonidan tumanning “Bibizaynab” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish davomida hududdagi ichki ko‘chalarning holati, ularni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, ariqlarni betonlash jarayonining borishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholi bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, taklif va mulohazalar tinglandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati