Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

«Do‘stlik» mahallasida ochiq muloqot

🏛 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Sayyora Xodjayeva «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Ochiq muloqot va muammolarni joyida o‘rganish tamoyili asosida tashkil etilgan tadbirda asosiy e’tibor mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratildi.

🤝 Deputat mahalla raisi va «mahalla yettiligi» bilan hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va ijtimoiy obyektlar faoliyatini jadallashtirish masalalarini atroflicha muhokama qildi.

📸 Uchrashuvda mahallani to‘liq videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash (kameralashtirish) jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganildi va ularni tezkor hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

✅ Shuningdek, suhbat davomida:

🔹 Xotin-qizlar bandligini ta’minlash;

🔹 Jinoyatchilikning oldini olish;

🔹 «Ijtimoiy reyestr»dagi fuqarolarga manzilli ko‘mak berish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

📌 Maqsad bitta — aholi murojaatlariga tezkor va natijali yechim topish orqali xalq roziligiga erishish!

Slide 1 of 5