Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, shaharda korrupsiyaviy omillarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.Xususan, har oyda bir yo‘nalish kesimida shahardagi tegishli tashkilot va muassasalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuzasidan sayyor yig‘ilishlar o‘tkazish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqildi.
Komissiya a’zolari tomonidan ta’kidlanganidek, bunday ochiq va manzilli uchrashuvlar davlat tashkilotlarida shaffoflikni oshirish,mas’ul xodimlarning javobgarligini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan amaliy choralar ishlab chiqish, ijro intizomini mustahkamlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.