Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugun 26-fevral kuni Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashiga 11-“Qo‘shqand” saylov okrugidan saylangan deputat Xasanov Valijon Keldibekovich Havotog‘ mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari o‘rganilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, kiberjinoyatchilikning oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, mahalla inspektori tomonidan
aholi o‘rtasida ogohlikni oshirish, turli internet firibgarliklariga aldanib qolmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Bunday uchrashuvlar hududdagi muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4