❗️Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashidagi 10-"Navro‘z" saylov okrugidan saylangan deputat Xusan Xolmuminov hamda Kengash kotibiyati mas’ul xodimi ishtirokida "Navro‘z" mahallasida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
📝O‘rganishlar davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
✅ Mahalla hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, xonalardagi harorat va isitish tizimining barqaror ishlashi ko‘zdan kechirildi.
✅ Aholiga xizmat ko‘rsatayotgan jamoat transporti qatnovi, avtobus bekatlarining holati va transport parkidagi imkoniyatlar tahlil qilindi. Yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha mas’ullar bilan muloqot qilindi.
✅ Mahalla ichki ko‘chalarining yoritilishi va hududning tozaligi, "Yashil makon" loyihasi doirasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅ Saylovchilar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan shaxsiy va ijtimoiy muammolar eshitildi. Har bir murojaat bo‘yicha deputatlik so‘rovlari tayyorlanib, ijrosi nazoratga olindi.
📌Ushbu o‘rganishlarning asosiy maqsadi — Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta muhim yo‘nalishdagi tavsiyalarning hayotga tatbiq etilishini tahlil qilishdir.