Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmaydi"
янв.21
"Alpomish" mahallasidagi murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI, "TASHABBUSLI BYUDJET" VA RIVOJLANAYOTGAN INFRATUZILMA!
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
"NAVRO‘Z" MAHALLASIDAGI O‘RGANISHLAR VA 24 TALIK TAVSIYA IJROSI
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova yangi qurilgan 19-sonli DMTT faoliyatini ko‘zdan kechirdi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati va hudud obodligi deputat nazarida
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Jurayev "Tinchlik" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi Abdulla Avloniy mahallasida!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI TA’LIM VA INFRATUZILMA E’TIBOR MARKAZIDA
Chinoz tumani. Tumanda “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Sh.Salixov, sektor rahbarlari hamda hokimning birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Xususan, Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda faol tadbirkorlar o‘z loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan moliyaviy, infratuzilmaviy, hujjatlashtirish hamda hamkorlik masalalari bo‘yicha murojaatlarini bildirdi.

Kelib tushgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Bunday ochiq muloqotlar tumanda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5