Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmaydi"
янв.21
"Alpomish" mahallasidagi murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI, "TASHABBUSLI BYUDJET" VA RIVOJLANAYOTGAN INFRATUZILMA!
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
"NAVRO‘Z" MAHALLASIDAGI O‘RGANISHLAR VA 24 TALIK TAVSIYA IJROSI
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova yangi qurilgan 19-sonli DMTT faoliyatini ko‘zdan kechirdi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati va hudud obodligi deputat nazarida
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Jurayev "Tinchlik" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi Abdulla Avloniy mahallasida!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI TA’LIM VA INFRATUZILMA E’TIBOR MARKAZIDA
Oliy Majlis Senati qarori ijrosi doirasida “Yangi turmush” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi

Oliy Majlis Senati qarori ijrosi doirasida “Yangi turmush” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi - J.Xudoyqulova tuman Kengashi deputatlari Ch.Alimov hamda J.Donayevlar bilan birgalikda “Yangi turmush” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini joyida o‘rgandi.

Bu galgi tashrif shunchaki tanishuv bilan cheklanib qolmadi. Har bir yo‘nalish alohida tahlil qilindi:

mahalla raisining tashkiliy ishlari, profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha olib borayotgan ishlari, hokim yordamchisining bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishidagi faoliyati, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisining ijtimoiy muammolarni manzilli hal etishdagi sa’y-harakatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

 O‘rganish jarayonida hujjatlar yuritilishi, reja-jadvallar, murojaatlar bilan ishlash mexanizmi, ijro intizomi ham tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar berildi. Ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirishlar berilib, muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

 Tashrif davomida mahalla yettiligi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ish jarayonida uchrayotgan muammolari tinglandi. Natijadorlikni oshirish, aholining murojaatlariga tezkor va manzilli yechim berish, mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan choralar belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 3