Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Jo‘yjangal" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
Imtiyozli kredit — amaliy natija: "Bog‘ishamol" mahallasida tadbirkorlik rivojlanmoqda
янв.21
"Bog‘ishamol" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Investitsiya va taraqqiyot: "Shodlik" mahallasida zamonaviy uy-joylar qurilmoqda
янв.21
"Shodlik" mahallasida I chorak sarhisobi: mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
"Kengash — deputat — mahalla" zanjiri: "Saxovat" mahallasida ish jarayoni tahlil qilindi
янв.21
"Temiryo‘lchi" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati va "24 yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi
янв.21
“24 yo‘nalish” ijrosi: ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
Deputat o‘z saylovchilari oldida axborot berdi

         Deputat o‘z saylovchilari oldida axborot berdi.

         Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 5-Cheksaroy saylov okrugi deputati S.Egamnazarova o‘z saylangan hududi, cheksaroy mahallasi aholisi bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Uchrashuvda o‘tgan to‘rt oy davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan axborot berdi.

         Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2736-III/KQ-592-III-sonli qo‘shma qarori yuzasidan mahalla faollariga tushuntirishlar berildi Jumladan uzoq yillik qadriyatlari va an’analarini o‘zida aks ettirgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an’analarini mensimaslik kabi illatlar ko‘zga tashlanayotganligi va bularni oldini olish uchun aholi orasida targ‘ibot tadbirlarini ko‘paytirish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha fikr bildirib o‘tdi.

Slide 1 of 2