Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla infratuzilmasi deputat nazoratida!
янв.21
Xalq bilan muloqot va yoshlar siyosati: Deputat mahallada
янв.21
Infratuzilma deputat nazoratida: gaz ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Deputat fuqarolar bilan muloqotda: muammo va natijalar
янв.21
Mahalla hayotiga oid muammo va yechimlar: Deputat muloqoti
янв.21
Ekologik nazorat: har bir daraxt e’tiborda!
янв.21
deputat_vazifalaridan
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Normuradova Dilbar Abdikasimovna raisligida olib borilgan sessiya ishida jami 8 ta shahrimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid masalalar deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi
янв.21
Sessiyada muhim masala yuzasidan muzokara
янв.21
Sessiyada muhokama qilinayotgan navbatdagi masala
Deputatlar uchun seminar o‘tkazildi

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘Mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oltinsoy tumanida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Boyqulov Sherpo‘lat Mamarayimovich raisligida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Surxondaryo viloyat Kengashi hamda Oltinsoy tuman Kengashlari deputatlari ishtirok etib, qarorning mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar hamda mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. 

Seminarda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va joylardagi muammolarni manzilli hal etish borasidagi vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Bu esa xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, mahallalarda “Mahalla yettiligi” tizimi orqali deputatlar, senatorlar va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Tadbir yakunida deputatlar tomonidan mahallalardagi mavjud masalalarni hal etishda institutlararo hamkorlikni rivojlantirish, joylardagi aholi bilan muntazam muloqotni kuchaytirish va qaror ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. 

 Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 7