Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ish rejasi ijrosi — amalda: Oromgohning ekologik holati o‘rganildi
янв.21
Manfaatlar toʻqnashuvi nima va u nega muhim?
янв.21
Aholi kuz-qish mavsumlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlanadi
янв.21
Gender tengligi — adolatli jamiyat va taraqqiyot poydevori
янв.21
Xavfsiz shahar va jamoat tartibi — deputatlar nazoratida
янв.21
Ijtimoiy barqarorlik va inson qadri: Budjet mablag‘lari manzilli yo‘naltiriladi
янв.21
TERMІZ SHAHRI EKOLOGIYASI VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Termiz shahrida xotin-qizlar murojaatlari tinglandi
янв.21
Mahallada harakat xavfsizligini ta’minlash va aholi murojaatlarini ijobiy hal etildi
янв.21
MAHALLA TIZIMI SAMARADORLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA: “BOG‘ZOR”DA TAHLILIY MULOQOT
Viloyat Kengashi deputati Mizrob Tashov saylovchilar bilan uchrashdi

Viloyat Kengashi deputati Mizrob Tashov saylovchilar bilan uchrashdi

🤔50-Do‘stlik saylov okrugidan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputat Mizrob Tashov hamda mutassaddilar Samarqand tumanidagi Yuqori Qaynama, Quyi Qaynama va Zaxlik mahallalari yettiliklari, faollari va nuroniylari bilan uchrashdi.

🔂Uchrashuvda aholi tomonidan ko‘tarilgan qator muammoli masalalar deputat diqqatiga havola qilindi. Jumladan, ichki yo‘llarni ta’mirlash va elektr energiyasiga oid muammolar, shuningdek eskirib qolgan simyog‘ochlarni yangilash zarurati hamda mahallada joylashgan oilaviy poliklinikaga 1 ta tez yordam mashinasi kerak bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

⭐️Mizrob Tashov barcha masalalarni batafsil o‘rganib, ularni o‘z deputatlik nazoratiga olishini ma’lum qildi. Xususan, Zaxlik mahallasidagi sport zal faoliyati bilan tanishar ekan, uni qayta ta’mirlash va zamonaviy sharoitlarga moslashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

✅ Uchrashuv davomida bildirilgan muammolarning har biri bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish va aholi farovonligini oshirish maqsadida mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilishi qayd etildi.

✈️@sam_vil_deputatlari (https://t.me/sam_vil_deputatlari)

Slide 1 of 10