Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
"NAVRO‘Z" MAHALLASIDAGI O‘RGANISHLAR VA 24 TALIK TAVSIYA IJROSI
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova yangi qurilgan 19-sonli DMTT faoliyatini ko‘zdan kechirdi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati va hudud obodligi deputat nazarida
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Jurayev "Tinchlik" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi Abdulla Avloniy mahallasida!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI TA’LIM VA INFRATUZILMA E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
DEPUTAT VA "MAHALLA YETTILIGI" YAGONA MAQSAD YO‘LIDAGI HAMJIHATLIK
янв.21
Jamoatchilik kengashi faoliyati: hamkorlik va samarali boshqaruv sari
янв.21
Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.

 Tuman hokimligining kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Sessiyada kun tartibidagi bir qator masalalar deputatlar tomonidan muhokama qilindi. 

“Qahramon”, “Mo‘lkanlik”, “Qulpisar” va “Yoshlik” MFYlarida “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot tinglandi. 

Tumandagi ijtimoiy ehtiyojmand oilalar vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalaridagi to‘lov-kontrakt summalarini qoplab berish masalasi ko‘rib chiqildi. 

Tuman mahalliy budjetidan zarur mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi takliflar muhokama qilinib, belgilangan tartibda qarorlar qabul qilindi. 

Sessiya yakunida deputatlar tomonidan tegishli topshiriqlar berildi hamda masalalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilot va mas’ullarga vazifalar yuklatildi  

Slide 1 of 4