Hurmatli ustozlar va murabbiylar!
Bugun, 1-oktabr — sizlarning bayramingiz! Sizlarning mashaqqatli, ammo sharafli mehnatingiz tufayli har bir avlod ilmga, odob-axloqqa, komillikka yetaklanadi. Sizlar — qalb chirog‘ini yoquvchilar, insoniyat kelajagini tarbiyalovchilar, jamiyatning ma’naviy ustunlarisiz.
Siz bergan bilim, tarbiya va hayotiy saboqlar umr bo‘yi yo‘lchi yulduz bo‘lib qoladi. Shogirdlar yutuqlarida, Vatan taraqqiyotida sizlarning fidokorona xizmatlaringiz mujassam.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, bardavom baxt, tinch va farovon umr, shogirdlaringizning yutuqlaridan doimo quvonib yurishingizni tilaymiz!
Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!