5-Mo‘minobod saylov okrugi deputati M. Qurbonova Bekobod MFYda ijtimoiy xizmatlar bilan yaqindan tanishdi
Вeputati M. Qurbonova Bekobod mahalla fuqarolar yig‘inida
bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xizmatlarning holati va aholi qatlamlariga
ko‘rsatilayotgan ko‘mak jarayonlari bilan tanishdi. O’rganish davomida
deputat mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Ahrorova Rayxonaning
ishlari bilan ham yaqindan tanishib, u olib borayotgan faoliyatni o‘rgandi.
Bekobod MFYda hozirda 43 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qiladi. Mahalla xodimlari ularning holidan muntazam xabar olib, zaruratga ko‘ra tegishli tizimlar bilan hamkorlikda yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Deputatning mahalladagi tashrifi ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, aholiga
ko‘mak ko‘rsatishda tizimli yondashuvni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni
o‘rganib, joyida hal etishga xizmat qildi.