"Elga xizmat” va arzonlashtirilgan yarmarkalarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi
🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari F.Axmedov va Y.Narbekov tomonlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentyabrdagi PQ-373-son qaroriga asosan tumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida Bo‘stonliq tumani Markaziy dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratish va ularning narxlarini barqarorligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.