O‘zLiDeP Uchquduq tumani Kengashi tashabbusi bilan “Salomatlik sari”loyihasi doirasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va xotin -qizlar o‘rtasida turli gnekologik kasalliklarni oldini olish maqsadida tumandagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi. Tibbiy ko‘rik davomida xotin qizlar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputat M.Xudoyberdiyeva tomonidan muammolar o‘rganilib, kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.