Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik: Hisobotlarga asosan joylarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi
янв.21
"Eskishahar" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Tinchlik" mahallasi aholi muammolari nazoratda
янв.21
"Tinchlik" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi!
янв.21
"KOKILDOROTA" MAHALLASIDA "24 YO‘NALISH" DOIRASIDA O‘RGANISHLAR O‘TKAZILDI
янв.21
Mahallada bandlik, tadbirkorlik va obodlik: amaliy natijalar ko‘zdan kechirildi
янв.21
"Mahalla yettiligi" — islohotlarning asosiy bo‘gini: "Kattabog‘" mahallasida integratsiyalashgan o‘rganish
янв.21
"Turon" mahallasida aholi bilan samimiy muloqot
Deputat mahallada

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Sobirjon Allayarov tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini o‘rganish maqsadida tumandagi “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 4-umumta’lim maktabida bo‘ldi. Tashrif davomida ta’lim muassasasining qishki mavsumga tayyorgarlik darajasi, isitish tizimi holati, yong‘in xavfsizligi choralari hamda yoqilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Aniqlanishicha, maktabdagi isitish qozonlari bir maromda ishlab turibdi. Shuningdek, 60 tonna miqdorda ko‘mir yonilg‘isi zaxira qilinib, maxsus omborda saqlashga qo‘yilgan. Binolardagi issiqlik tizimi sinovdan o‘tkazilgan va ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida bajarilgani ma’lum bo‘ldi. Deputat maktab ma’muriyati va mas’ul xizmat xodimlariga mavsum davomida isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash, energiya tejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 2