Uchrashuvda hududda amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, mahalliy muammolarni hal etish bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlar va deputatlik faoliyati natijalari va albatta Kengashning doimiy komissiyalari faoliyati, sessiyalarda muhokama qilingan masalalar hamda fuqarolarning ijtimoiy hayotini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Deputat o‘z chiqishida joriy yilning uchinchi choragida fuqarolarning murojaatlari asosida ko‘plab masalalar o‘rganilganligi, shu bilan birgalikda saylovchilar tomonidan bildirilgan yangi taklif va tashabbuslar tinglandi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash rejalashtirildi.
Uchrashuv yakunida maktab ma'muriyati bilan jamiyatimizda dolzarb bo‘lgan tarbiya, ma’naviyat va yoshlar masalalari bo‘yicha ma’rifiy suhbatlar olib borildi. Davra suhbati ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Saylovchilar deputat faoliyati yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar hamda kelgusi chorakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar berdilar.