Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
янв.21
Ijtimoiy himoya va qaror ijrosi: "Navro‘z" mahallasida xonadonlar o‘rganildi
янв.21
"Navro‘z" va "Baynalminal" mahallalarida ish jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛️Termiz shahar Kengashida ijro intizomi va ish samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik: Hisobotlarga asosan joylarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi
янв.21
"Eskishahar" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi
Kuz-qish mavsumi boshlandi. Maktablar tayyormi?

   

Xalq deputatlari shahar kengashining 2025-yil uchun tasdiqlangan ish rejasi va Xalq deputatlari shahar kengashining 2025-yil 17-oktabr kunidagi “Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida 2025-2026-o‘quv yili davomida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi sessiya qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tanlov asosida 10- va 12-sonli umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. O‘rganish Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputati Ye.Lyapina, shahar kengashi deputatlari J.Kamolxodjayev, K.Shukurov, X.Ibragimova va U.Abdunazarov tomonidan olib borildi. 10-sonli maktabda 6 ta issiqlik qozonlari mavjud bo‘lib, barchasi soz holatda faoliyatini olib bormoqda. Maktabdagi 35 ta sinf xonalarining barchasida issiqlik harorati talab darajasida. Mahalla yettiligi
tomonidan muntazam ravishda xabar olinib turiladi.

     12-sonli umumta’lim maktabida 11-noyabr holatiga 7 ta issiqlik qozonlaridan 3 tasi soz holatda faoliyatini boshlagan bo‘lib, o‘rganish jarayonida qolgan 4 tasi ham soz holatga keltirilib, issiqlik berilishi boshlandi. Shuningdek, o‘rganish davomida tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.  

Slide 1 of 5