Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MUNOSABAT

Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev shu yilning 24 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatidagi eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni ochiq va asoslangan tarzda taqdim etdi. Uning nutqida inson huquqlari, taʼlim, sog‘liqni saqlash va iqtisodiy taraqqiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar keng qamrovda yoritildi.

Prezident o‘z nutqida demokratik islohotlarning to‘xtab qolmasligi, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va sud-huquq tizimini isloh qilish kabi masalalarga katta eʼtibor qaratdi. Bu esa dunyo hamjamiyatiga O‘zbekistonda amaliy o‘zgarishlar kechayotganining yorqin isboti bo‘ldi. Shu bilan birga, u Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va iqtisodiy integratsiya masalalarini ham ko‘tarib chiqdi.

Ayniqsa, Afg‘onistondagi vaziyat va uning mintaqadagi taʼsirlariga oid mulohazalar xalqaro ekspertlar va delegatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Prezidentning ushbu mavzuga mulohazakorlik bilan yondashuvi, uning tinchlikparvar pozitsiyasini tasdiqlab berdi. U nutqida xalqaro hamjamiyatni tinch va barqaror Afg‘oniston uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

Said Donishev, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati

Slide 1 of 1