Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash – islohotlarning amaliy ko‘rinishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahar 13-sonli umumta’lim maktabida xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, shahar prokurori o‘rinbosari K.Xazratqulov, shahar Adliya bo‘limi xodimi S.Sayfiddinov va “Alpomish” MFY yettilik vakilllari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mutasaddilar tomonidan mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq mas’uliyatini belgilash, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish, aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni hal etishga jamoatchilik vakillari, nuroniylar va mahalla faollarini keng jalb etib borish, mahallalar jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida mahalla nuroniylari mamalakatimizda Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyotkorlik ishlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Slide 1 of 7