Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Inson qadri – davlat siyosatining markazida!

Prezidentimiz nutqidagi “Har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan oʻzgartirish – ustuvor maqsadimiz” degan soʻzlari nafaqat siyosiy shior, balki Yangi Oʻzbekistonning amaliy siyosatiga aylangan. Kambagʻallik darajasining 35%dan 6.6%gacha qisqarishi, millionlab yangi ish oʻrinlarining yaratilishi, taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimidagi oʻzgarishlar – bunday natijalar xalq farovonligi yoʻlidagi aniq amaliy islohotlarning samarasidir. Tuman Kengashi deputatlari bu jarayonda mahalliy muammolarni hal qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish boʻyicha oʻz tashabbuslarini amalga oshirmoqda.

Xalq Deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati
Mullajonov Zokir Kamolovich