35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Maktabda sport anjomlari va sport maydonlarining holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat A.Abdujamilovga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Yakkatut” mahallasida joylashgan 41-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sport sharoitlari, maktabning sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda sport maydonlarining holati o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan asosiy sport jihozlari mavjudligi, shu bilan birga, ayrim sport jihozlari uzoq vaqtdan buyon foydalanib kelinayotgani sababli biroz eskirgani qayd etildi. Shu munosabat bilan kelgusida ularni bosqichma-bosqich yangilash, zamonaviy sport anjomlari bilan to‘ldirish va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalasiga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

🟢Maktabning sport zalining umumiy holati yaxshi ekanligi, jismoniy tarbiya darslari, turli sport mashg‘ulotlari va o‘quvchilar o‘rtasida sport tadbirlarini o‘tkazishda samarali foydalanish imkoniyati mavjudligi aniqlandi.

🟢Shuningdek, maktab hududida joylashgan futbol maydonining holati ham ko‘zdan kechirildi. Maydondan o‘quvchilarning futbol bilan shug‘ullanishi uchun foydalanib kelinayotgan bo‘lsa-da, uning holatini yanada yaxshilash maqsadida futbol maydoniga sifatli chim yotqizish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 7