35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#162_qonun


Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 15-“Bo‘g‘izog‘on” saylov okrugi deputati B. Xamrayev tomonidan Bo‘g‘izog‘on mahallasida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Unda katta profilaktika inspektori R. Xo‘djamov, mahalla raisi va jamoatchilik vakillari ishtirokida hududdagi kriminogen vaziyat muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-son Qonunida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, nizoli oilalar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Profilaktik tadbirlar “xonadonbay” ishlash tizimi asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 1