#QABUL
Zangiota tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Erkin Rustamovning fuqarolar bilan navbatdagi qabuli “Turkiston” mahallasida bo‘lib o‘tdi.
🖍Sayyor qabul davomida aholining murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, uy-joy va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📌Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularning yechimini topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan murojaatlar mas’ul mutasaddilarga yo‘naltirildi.
📌Aholi bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot jarayonida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni o‘z vaqtida hal etishga alohida e’tibor qaratildi.