35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#Deputat_mahallada

♻️Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash borasida “Turkiston” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

♻️Tuman Kengashi deputati A. Saydaxmedov tomonidan mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari ko‘rib chiqildi.

♻️Shuningdek, hokim yordamchisining mahalla yettiligi bilan hamkorligi, aholining mavjud muammolarini aniqlash va ularni hal etish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlari hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi, xonadonbay ishlash tizimi va fuqarolarning daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy choralar muhokama qilindi.

♻️Deputat tomonidan mahalla yettiligi a’zolari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, har bir oila bilan individual ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3