📘Tuman Kengashi deputati F. Radjapova 18-saylov okrugi hududidagi “O‘ratepa” mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandi.
📙O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarini aniqlash va hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📗Shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida qabul qilish, ularni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda murojaatlar ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📘O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.