35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#Deputat_mahallada

Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 10-O‘rtaovul saylov okrugi deputati G. Tursunova “Katta chinor” mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimining faoliyatini o‘rgandi.

✅O‘rganish davomida mahallada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligi, aholiga ko‘rsatilayotgan yordamlarning o‘z vaqtida yetkazilishi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kambag‘allikni qisqartirish borasida oilalar bilan individual ishlash, mavjud muammolarni mahalla yettiligi bilan birga manzilli hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3