Tanlovda o‘zining tadbirkorlik salohiyati, tashabbuskorligi, mehnatsevarligi va yaratuvchanligi bilan ajralib turgan faol tadbirkor ayollarning mehnati munosib e’tirof etildi.
Ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etgan xotin-qizlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir xotin-qizlarning tadbirkorlikdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda yangi imkoniyatlarga keng yo‘l ochish borasidagi amaliy sa’y-harakatlarning yorqin ifodasidir.