✔️Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 6-Ravod saylov okrugi deputati N. Baxriyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan Katta Ravod mahallasida ko‘cha boshilari va mahalla oqsoqollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✔️Uchrashuvda mahallani obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, Mo‘jiza ko‘chasining 2 500 metr qismini asfaltlashtirish, shuningdek, 2 kilometr hududdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
✔️Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, masalalarni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.