35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Markaziy Osiyo – Xitoy muloqoti: hamkorlikning yangi imkoniyatlari

Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishida siyosiy partiyalarning o‘rni” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo – Xitoy siyosiy partiyalari muloqoti doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning siyosiy partiyalari vakillari, Xitoy Kommunistik partiyasi delegatsiyasi, parlament a’zolari, diplomatlar hamda ekspertlar ishtirok etdi. Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlari va deputatlari ham faol ishtirok etdi.

✔️Konferensiya davomida “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, siyosiy partiyalar va parlamentlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish hamda hududlar taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3