Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 25-Yangi Toyloq saylov okrugi deputati Aminova Matluba tomonidan Charog‘bon mahallasida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, aholini qiynayotgan muammolar o‘rganildi.
Xonadonma-xonadon yurish davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, jumladan, Meliboyeva Anvaraning yashash xonadoniga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, fuqarolarning pensiya masalalari hamda maishiy chiqindilarni olib chiqish bilan bog‘liq muammolar aniqlandi.
📝 Murojaatlar deputat daftariga qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va qonuniy tartibda hal etish choralari ko‘rilmoqda.
🤝 Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini eshitish va amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.