Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati M. Yarashev mahalla raisi I. Rozimbayev bilan birgalikda mahallani kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📋 Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilinib, natijadorlikni oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Maqsad — har bir oilaga barqaror daromad manbai yaratish va mahallalarda farovonlikni ta’minlash.