35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🤝 MAHALLA RAISI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi — kotibiyat mudiri X. Sultonov doimiy komissiya raisi Z. Dovletov bilan birgalikda Pastom mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B. Palvonov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud holat, aholi bilan ishlash, hududni obodonlashtirish hamda bayram oldidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla raisining taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud masalalarni hamkorlikda hal etish bo‘yicha fikr almashildi.

🌿 Uchrashuv yakunida mahalladagi obodonlashtirish ishlarini sifatli davom ettirish va hududni bayramga munosib tarzda tayyorlash yuzasidan kelishib olindi.