Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati D.Sanayeva 12-Navzandak saylov okrugida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy-tibbiy xizmatlar holatini o‘rgandi.
🔍 Asosiy e’tibor:
Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan patronaj xizmati;
Dori-darmon va reabilitatsiya vositalari ta’minoti.
💬 “Maqsadimiz — ijtimoiy xizmatlarning qog‘ozda emas, har bir xonadonda manzilli bo‘lishini ta’minlash,” — deydi deputat.
✅ O‘rganish davomida aniqlangan masalalar nazoratga olindi.