Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xo‘jaqulov tomonidan tumandagi “Ekraz” mahallasida toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida o‘rnatilayotgan suv minorasi joyiga chiqib, o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mazkur hududda amalga oshirilayotgan ishlar holati, loyiha hujjatlari, texnik talablar hamda aholi murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mas’ul tashkilot vakillariga ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
Deputatlik nazorati doirasida aholining toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda infratuzilmani yaxshilash masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olingan.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati